«Barselona» hujumchini 25 million yevroga sotishi mumkin

«Barselona» hujumchisi Vitor Rokega boshqa klublar qiziqmoqda.

19 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumda «Blaugrana»ning asosiy tarkibiga kira olmadi. Turli manbalarga ko‘ra, Kataloniya grandi braziliyalik futbolchiga maqbul taklif tushsa, uni sotishga tayyor. Hozirda futbolchiga Italiyaning «Lasio» klubi qiziqish bildirmoqda: Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, rimliklar hujumchini 25 million yevroga sotib olish imkoniyati bilan ijaraga olmoqchi.

Transfermarkt portali Vitor Rokening narxini 30 million yevroga baholamoqda. Futbolchi Braziliyadan ko‘chib o‘tganidan beri «Barselona» safida barcha musobaqalarda 16 o‘yinda ikkita gol urdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter