Qishda «Barselona»ga keladigan supertalant jarohat oldi
Hujumchi Vitor Roke safga kutilganidan ertaroq qaytadi.
18 yoshli futbolchi «Atletiko Paranaense» safida jarohat olib, uch oydan ko‘proq vaqtni o‘tkazib yuborishi taxmin qilingandi. Insayder Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, yosh braziliyalik jarrohlik amaliyotini o‘tkazmaslikka qaror qilgan. Forvard konservativ tarzda davolanadi – tiklanish 30-40 kun davom etishi kerak.
Vitor Roke 2024 yilda «Barselona»ga o‘tadi. Ushbu transfer kataloniyaliklarga 40 million yevroga tushadi.
Braziliya chempionatining joriy mavsumida vunderkind 22 o‘yinda 11 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/