«Barselona» o‘z yetakchilaridan birini 100 million yevroga sotishi mumkin

Kataloniyaning «Barselona» klubi markaziy himoyachi Ronald Arauxoning ehtimoliy transferini muhokama qilmoqda. Diario Sport xabariga ko‘ra, «blaugrana» urugvaylik futbolchini sotishdan taxminan 100 million yevro ishlab olishni kutmoqda.

Avvalroq matbuotda 25 yoshli futbolchiga asosiy da’vogar «Bavariya» ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Arauxoning jamoa bilan tuzilgan mehnat shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar amal qiladi.

Transfermarkt uning narxini 70 million yevroga baholamoqda. Ispaniya chempionatining joriy mavsumida Ronald 21 o‘yin o‘tkazib, bitta gol urdi va beshta sariq kartochka oldi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter