Onananing transferi kelasi hafta hal bo‘ladi
Yarim himoyachi Amadu Onana “Aston Villa” libosini kiyishga yaqin keldi.
Nufuzli insayder Fabrisio Romanoning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, Birmingem klubi Onananing «Everton»dan 50 million funt sterlingga transferi bo‘yicha kelishib olgan.
Onana uchun allaqachon tibbiy ko‘rik tayinlangan.
Agar muammo aniqlanmasa, kelasi hafta 22 yoshli belgiyalik futbolchi «Aston Villa» bilan shartnoma imzolaydi.
Mehnat shartnomasi besh mavsumga – 2029 yil iyun oyi oxirigacha amal qiladi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/