«Chelsi» va «Liverpul» Openda uchun kurashadi

«RB Leypsig»da o‘ynayotgan belgiyalik hujumchi Lui Openda Germaniyani Angliyaga o‘zgartirishi mumkin. Manbaga ko‘ra, «buqalar» hujumchisi xizmatlariga Premyer-liganing ikki top-klubi qiziqish bildirmoqda.

Futbolchi uchun “Chelsi” va “Liverpul” klublari kurash olib boradi. 24 yoshli belgiyalik bu mavsumda Bundesligada juda sermahsul o‘ynayapti.

Openda 24 ta uchrashuvda qatnashib, 17 ta gol va 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Uning shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan va transfer narxi 55 million yevroga baholanmoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter