Gvardiola: «Arsenal» va «Liverpul» chempionlik uchun oxirigacha kurashadi»

«Manchester Siti» boshqaruvchisi Pep Gvardiola Angliya premyer-ligasida chempionlik poygasi haqidagi savolga javob berdi. «Brentford»ni mag‘lub etgan (1:0) «shaharliklar» «Arsenal»dan oldinga o‘tib, turnir jadvalida «Liverpul»ga yaqinlashib oldi.

25-turdan keyin “Manchester Siti” hisobida 56 ochko bor, “kanonirlar” 55, mersisaydliklar esa 57 ochkoga ega.

“Yo‘l uzoq, oldinda ko‘p o‘yinlar bor. Biz birinchi o‘ringa yaqinlashdik, ammo mavsum qizg‘in pallada. Tez orada juda qiyin o‘yinlar o‘tkazishimiz kerak bo‘ladi. O‘ylaymanki, chempionlik uchun kurashayotgan uchta jamoa bor, balki yaqin haftalarda yana ham qo‘shiladi. «Arsenal» va «Liverpul» oxirigacha kurashishiga deyarli ishonchim komil», – deya Gvardiolaning so‘zlarini keltiradi BBC.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter