«Leypsig» o‘z tarixidagi ikkinchi eng yaxshi startni ko‘rsatdi

«Leypsig» Germaniya chempionatining dastlabki 9 turida 20 ochko to‘pladi – bu «buqalar» tarixidagi mavsumning ikkinchi eng yaxshi starti. Bundesligadagi debyut mavsumida, ular dastlabki 9ta o‘yinda 21 ochko to‘plashga muvaffaq bo‘lishgan.

Kecha «Kyoln» ustidan qozonilgan yirik g‘alabadan so‘ng (6:0) Marko Roze shogirdlari to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi – birinchi o‘rindagi «Bavariya»dan atigi 3 ochko kam. Ammo bugun Dortmundning «Borussiya» klubi «Ayntraxt»ni mag‘lub etsa, «Leypsig» beshinchi o‘ringa tushib qoladi.

Bundan tashqari, «buqalar» klubning to‘purarlik rekordini yangilashdi – 9 turdan keyin ular 25 ta gol urishdi. Hozirgacha eng yaxshi natija 2016/17 yilgi mavsumda 20 ta gol bo‘lgandi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter