«Lion»ning ikki muxlisi sud qilindi

16-yanvar, seshanba kuni 2023-yil 29-oktyabrda “Marsel” bilan o‘yin oldidan qoidabuzarlik qilgan “Lion”ning ikki muxlisi ustidan sud bo‘lib o‘tdi.

Bu haqda RMC Sport xabar berdi.

«Lion»ning ikki muxlisi nasistik chiqishlar va irqchi qo‘shiqlari uchun sud qilindi. Qayd etilishicha, prokuror ayblanuvchiga 3 oylik qamoq jazosi va 3 yilga stadionlarga borishni taqiqlashni talab qilgan. Qaror qabul qilish 16 martga qoldirildi.

Marsel prokuraturasi «Lion» futbolchilari avtobusi toshbo‘ron qilingani va bu jarayonda klubning o‘sha paytdagi bosh murabbiyi Fabio Grosso jarohatlangani ortidan yana ikkita sud tergovi ochgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter