Jabrlanuvchining advokati Alves ustidan 12 yillik qamoq jazosini talab qilmoqda

Dani Alves 12 yilga qamalishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, “Barselona” va Braziliya terma jamoasining sobiq himoyachisi 2022-yil dekabr oyida Barselonadagi tungi klubda ayolni zo‘rlaganlikda ayblanib, hibsda saqlanmoqda. 14 noyabr kuni sud tergovni yakunlagani ma’lum bo‘ldi. Prokuratura futbolchiga 9 yillik qamoq jazosini talab qilmoqda.

Biroq jabrlanuvchining advokati sudning ayblov hukmi chiqqan taqdirda futbolchiga nisbatan 12 yillik qamoq jazosi so‘rashini rasmiylashtirdi, deb xabar bermoqda UOL nashri. Ispaniyada bunday turdagi jinoyatlar uchun eng ko‘p jazo o‘n ikki yil hisoblanadi.

Advokatning iltimosi prokuror tavsiyasi bilan birga sudga beriladi. Endi Alves himoyasida Barselonada bo‘lib o‘tadigan sud majlisi uchun hujjatlarning yakuniy to‘plamini taqdim etish uchun besh ish kuni bor.

Barcha hujjatlarni qo‘lida olib, sud 2024 yilning birinchi oylarida bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan sud muhokamasi sanasini belgilaydi.

Qayd etilishicha, Alves sudga 150 ming yevro to‘lagan, shunda ayblov hukmi chiqqan taqdirda jazoning maksimal muddati ikki barobarga qisqartiriladi. Prokuratura jazoni yengillashtiradigan jarima to‘lashga rozi emas, ammo bu tartib Ispaniya adliya tizimida qonuniydir – uni rad etib bo‘lmaydi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter