Milik: «Men zaxira futbolchisi emasman»
«Yuventus» hujumchisi Arkadiush Milik «Frozinone»ga qarshi o‘yinda (4:0) xet-trik qayd etganidan so‘ng, jurnalistlar savollariga javob berdi.
Polshalik futbolchining uchta goli turinliklarga Italiya kubogi yarim finaliga chiqishga yordam berdi. “Frozinone” darvozasiga kiritilgan to‘rtinchi gol muallifi Kenan Yildiz bo‘ldi. Milik oktyabr boshidan buyon ilk bor «Yuventus» safida gol urdi. So‘nggi oylarda 29 yoshli futbolchi, odatda, zaxira futbolchisi sifatida kifoyalanishga majbur bo‘ldi.
«Yarim finalga chiqqanimizdan juda xursandman va men o‘zimning xet-trikimdan juda xursandman, chunki bu maqsadimizga erishishimizga yordam berdi. Men o‘zimni zahiradagi futbolchisi deb hisoblamayman. Tarkibni murabbiy tanlaydi, lekin men asosiy tarkibda boshlamagan bo‘lsam ham jamoa uchun hamma narsani qilaman. Gol ura olmasam, boshqa yo‘llar bilan foydali bo‘lishga harakat qilaman» – dedi Milik Sky Sport nashriga bergan intervyusida.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/