«Everton» «MYU» yarim himoyachisini nishonga oldi

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Xannibal Mejbri «Everton»ning nishoniga aylandi.

Fabrisio Romanoning xabar berishicha, 20 yoshli futbolchi uchun «Sevilya» va «Everton» kurashadi. Muzokaralar davom etmoqda. Hujumkor yarim himoyachi mavsumning qolgan qismini qayerda o‘tkazishi aniq emas.

Mejbri bu mavsumda Erik ten Xag jamoasida to‘qqizta o‘yinda qatnashib, bitta gol urdi. Transfermarkt portali ekspertlari fikricha, futbolchining narxi 12 million yevroni tashkil qiladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter