Londonning ikki klubi «Manchester Yunayted»ning sobiq himoyachisini sotib olmoqchi
«Luton» markaziy himoyachisi Teden Mengi Londonning ikki klubi nishoniga aylandi. Jurnalist Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, “Fulxem” va “Kristal Pelas” 21 yoshli ingliz futbolchisining muvaffaqiyatidan hayratda.
Joriy mavsumda Mengi 21 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Yevropaning top-5 chempionatlarida yakkama-yakka kurashlarda g‘alabalar soni bo‘yicha yetakchi hisoblanadi.
Joriy mavsumda Mengi Angliya Premyer-ligasida 14 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/