Fernandesh: «Qayerdandir qayta boshlashimiz kerak edi»

Biroz oldin «MYU» «Fulxem»ni so‘nggi daqiqalarda urilgan gol evaziga taslim etdi. Unga Bruno mualliflik qildi. 

Shundan so‘ng portugal o‘yin haqida fikr bildirdi. 

«Gol bilan siz hammaning ishonchini oqlaysiz. Buning uchun hamma kurashdi va yakunda men gol uchun zarba berdim va uch ochkoni qo‘lga kirita oldik.

Bu haqiqatan ham muhim, biz egallab turgan pozisiyamizni bilamiz. Natijaga erishishimiz kerak, bugun uch ochkoni qo‘lga kiritish biz uchun juda muhim edi.

Nimanidir qurishni boshlash uchun ochko olishimiz kerak, qayerdandir qayta boshlashimiz kerak edi», dedi Fernandesh.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter