«Sevilya» vise-prezidenti: «Real»dan hakamlarga bosim o‘tkazishni bas qilishni so‘ramoqchiman»
«Sevilya» vise-prezidenti Xose Mariya del Nido Karrasko «Real»dan ispaniyalik hakamlarning harakatlarini klub televideniyesi orqali tahlil qilib, ularga bosim o‘tkazmaslikni so‘radi.
«Birinchi navbatda, biz «Real Madrid»ning Real Madrid TV orqali bunday choralar ko‘rishiga qarshimiz. Albatta, barcha odamlar kabi sudyalar ham xato qiladilar. Biz qilishimiz kerak bo‘lgan narsa ularga yordam berishdir. Qolaversa, «Real»dek darajadagi klub hakamlar korpusiga bosim o‘tkazmasligi kerak», – deya Karraskoning so‘zlarini keltiradi Football Espana.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/