Di Mariya: «Saudiyadan dahshatli summa taklif qilishgandi»

Hujumkor yarim himoyachi Anxel di Mariya yozgi transfer oynasida «Benfika»ga qaytdi. 35 yoshli argentinalik futbolchining so‘zlariga ko‘ra, unga Saudiya Arabistonidan takliflar tushgan.

«Menga Saudiya Arabistonidan juda ko‘p qo‘ng‘iroq qilishdi. Ular taklif qilgan summalar aql bovar qilmas darajada edi. Ammo men yuragimga quloq soldim va «Benfika»ga o‘tishni xohladim» – dedi di Mariya DSportsRadio nashriga.

Anxel di Mariya 2007-2010 yillarda «Benfika»da o‘ynagan. Bu vaqt ichida argentinalik futbolchi 123 ta rasmiy o‘yin o‘tkazib, 17 ta gol urgan va 28 ta golli uzatmani hamkorlariga bergan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter