Dzanyolo «Aston Villa» rahbariyatiga noqonuniy pul tikishlar bo‘yicha tushuntirish beradi

«Aston Villa» klubi va Italiya terma jamoasi yarim himoyachisi Nikolo Dzanyolo Birmingem klubi rahbariyati bilan uchrashib, futbolchining noqonuniy platformalarda pul tikishda ayblanayotgani bilan bog‘liq shov-shuvli vaziyatni muhokama qiladi, deb xabar bermoqda La Gazzetta dello Sport nashri.

Manbaga ko‘ra, «Aston Villa» Dzanyoloning aybsizligiga ishonadi, biroq uning bu holat bo‘yicha pozisiyasini tinglamoqchi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq OAVda Dzanyolo noqonuniy pul tikishda ishtirok etgani haqida xabar berilgandi. Bu haqda jurnalist Fabrisio Korona xabar berdi, uning so‘zlariga ko‘ra, futbolchi haqiqatda garovlar bo‘yicha o‘ynaganini tasdiqlovchi ma’lumotlarga ega. Jurnalist allaqachon huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikni boshlagan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter