Kukurelya “CHelsi” rahbariyatiga ketishni istayotganini aytdi
Londonning “Chelsi” klubi himoyachisi Mark Kukurelya jamoasini tark etish istagini bildirdi. Daily Mirror xabariga ko‘ra, futbolchi rahbariyatga klubini o‘zgartirish niyati haqida yanvar oyida ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Kukurelya bosh murabbiy Maurisio Pochettinoning rejalariga kiritilmagan. Yangi mavsumda ispaniyalik futbolchi Angliya Premyer-ligasining dastlabki 6 turida maydonga tushmadi.
Yozgi transfer oynasining so‘nggi kunlarida Kukurella «Manchester Yunayted»ga ijara asosida o‘tishi mumkin edi, biroq oxir-oqibat kelishuv amalga oshmay qoldi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/