Kolo-Muani: «Menga murabbiyning loyihasi yoqadi»
«PSJ»ning yangi futbolchisi Randal Kolo-Muani parijliklar bosh murabbiyi Luis Enrike haqida gapirdi.
«Menga murabbiyning yangi jamoa bilan ishlayotgani va loyihasi yoqadi. Endi ishga kirishish vaqti keldi», – deya Kolo-Muanining so‘zlaridan iqtibos keltiradi RMC Sport.
Kolo-Muani 2022 yilda «Nant»dan «Ayntraxt»ga ko‘chib o‘tgandi. O‘shandan beri u barcha musobaqalarda 50 ta o‘yinda maydonga tushib, 26 ta gol urdi va 17 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Shuningdek, u Fransiya terma jamoasi a’zosiga aylandi va bu jamoada 2022 yilning 22 sentyabrida debyut qildi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/