Kolo-Muani «PSJ»dagi o‘zining sevimli futbolchisi nomini aytdi

«PSJ» klubining yangi futbolchisi Randal Kolo-Muani parijliklar klubi tarixidagi eng sevimli futbolchisini nomini aytdi.

«Mamadu Sako», – dedi hujumchi klub matbuot xizmati bilan suhbatda.

Mamadu «PSJ» akademiyasi bitiruvchisi. U jamoada 2006 yildan 2013 yilgacha o‘ynagan.

Kolo-Muani yozgi transfer oynasida Frankfurtning “Ayntraxt” klubidan “PSJ”ga o‘tgan edi. U parijliklar bilan 2028 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan uzoq muddatli shartnomani imzoladi. Bitim 75 million yevro va bonuslarni tashkil etdi.

«PSJ» navbatdagi o‘yinini 15 sentyabr juma kuni «Nissa»ga qarshi o‘tkazadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter