«Liverpul»ning yangi futbolchisi jarohat oldi
«Liverpul»ning yangi futbolchisi Aleksis Makallister «Bavariya»ga qarshi o‘yinda jarohat oldi. Jamoalar o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi myunxenliklarning 4:3 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Pazzi di Fanta xabariga ko‘ra, birinchi bo‘limda 24 yoshli argentinalik futbolchi tizzasidan jarohat olgan va o‘yinning ikkinchi bo‘limida maydonga tusha olmagan. Yarim himoyachi tanaffusda Darvin Nunyesga almashtirildi.
Angliya premyer-ligasining yangi mavsum starti 11 avgustga belgilangan. Birinchi turda “Liverpul” safarda “Chelsi” bilan to‘qnash keladi (13 avgust). O‘yin 21:30da boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, 6 avgust kuni “Manchester Siti” “Arsenal” bilan Angliya Superkubogi uchun bahs olib boradi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/