Arteta: «Men Trossardni sotish mumkin emasligini bilardim»
Londonning «Arsenal» klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta «Tottenxem»ga (4:1) qarshi o‘yindan keyin Leandro Trossard haqida gapirdi.
Yakshanba kungi derbining 36-daqiqasida aynan belgiyalik futbolchi hisobni ochdi. Shuningdek, 30 yoshli vinger xet-trik qayd etgan Eberechi Ezega assistentlik qildi.
– Trossardni sotish mumkin emasligini bilardim. Uning nimalarga qodirligini ko‘rib turibman va u jamoaga muhim hissa qo‘shishiga ishonchim komil edi.
Bu o‘yin Leandro uchun «Arsenal»dagi eng yaxshi o‘yinlardan biri. U to‘p bilan va to‘psiz shunchalik tajovuzkor, shunchalik samarali ediki, yana ikkita gol urishi mumkin edi,» – dedi Arteta o‘yindan keyingi jurnalistlar bilan suhbatda.
Trossardning «Arsenal» bilan amaldagi shartnomasi kelasi yilning yozida o‘z nihoyasiga yetadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/
