Amorim APLda oy murabbiyi bo‘ldi
«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ruben Amorim Angliya Premyer-ligasining oktyabr oyidagi eng yaxshi murabbiyi deb topildi.
Portugaliyalik mutaxassis boshchiligidagi jamoa o‘tgan oyda 4 ta o‘yinda g‘alaba qozongan edi.
Sovringa Amorimdan tashqari Mikel Arteta («Arsenal»), Andoni Iraola («Bornmut») va Unai Emeri («Aston Villa») da’vogarlik qilayotgan edi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/
