Fabrisio Romano: «Nottingem Forest» o‘ziga yangi bosh murabbiy tanladi

Ange Postekoglu iste’foga chiqarilgach, «Nottingem Forest»ni kim boshqarishi ma’lum bo‘ldi.

Insayder Fabrisio Romanoning ma’lum qilishicha, «Everton»ning sobiq ustozi Shon Daych «o‘rmonchilar» bosh murabbiyligiga yaqin turibdi. «Nottingem Forest» va Roberto Manchini o‘rtasidagi muzokaralar muvaffaqiyatsizlikka uchraganidan so‘ng, klub Daych bilan shartnomani deyarli kelishib oldi, u jamoani qiyin davrda qabul qilishga tayyor.

«Nottingem Forest» 8 turdan so‘ng xavfli zonada qolmoqda va turnir jadvalida 18-o‘rinni egallab turibdi. Jamoa hisobida atigi besh ochko bor.

Eslatib o‘tamiz, mavsum boshidan buyon «o‘rmonchilar» rahbariyati ikki murabbiyni ishdan bo‘shatgan edi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter