«Yuventus» vingeri safdan chiqdi

«Yuventus» qanot hujumchisi Edon Jegrova keyingi o‘yinda jamoasiga yordam bera olmaydi.

Italiya jamoasi bosh murabbiyi Igor Tudorning so‘zlariga ko‘ra, kosovolik vinger chov sohasida noqulaylikdan aziyat chekmoqda. U ertaga A Seriya 7-turidan o‘rin olgan «Komo»ga qarshi bahsda ishtirok etmasligi aniq.

Turinliklar safiga shu yozda Edon Jegrova qo‘shilgandi. U Fransiyaning «Lill» klubidan bonuslar bilan birga 17 mln yevroga sotib olingan. «Yuventus» tarkibida u uchta o‘yin o‘tkazib, gol ura olmadi.

Tudor shogirdlari Italiya chempionati turnir jadvalida 12 ochko bilan beshinchi o‘rinda bormoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter