«Barselona» Uber bilan homiylik shartnomasi imzolaydi
Ispaniyaning «Barselona» klubi Uber transport kompaniyasi bilan homiylik shartnomasini e’lon qilishga tayyorlanmoqda. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.
Tegishli tadbir 22 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Unda Uber bilan allaqachon hamkorlik qilayotgan himoyachi Pau Kubarsi, shuningdek, klub bosh direktori Manel del Rio va Uber Iberia bosh direktori Felipe Fernandes Aramburu ishtirok etadi.
Bitimning moliyaviy tomoni hozircha noma’lum. Ayni paytda «Barselona» allaqachon Midea kompaniyasi (mavsum uchun 12 million yevro), Kongo Demokratik Respublikasi (2029 yilgacha forma reklamasi uchun 40 million) bilan homiylik shartnomalari, shuningdek, Spotify bilan 2030 yilgacha 380 million yevro atrofida daromad keltiradigan shartnomaga ega.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/