«Yuventus» bosh murabbiyi Tudor A Seriyaning boshqa jamoasini qabul qilib olishi mumkin

«Yuventus» bosh murabbiyi Igor Tudorning kelajagi mavhumligicha qolmoqda.

Mutaxassis mart oyida jamoani qabul qilib oldi va uni Chempionlar ligasiga olib chiqdi, shu munosabat bilan xorvatiyalik bilan shartnomani avtomatik ravishda keyingi yilning yoziga qadar uzaytirish bandi kuchga kirdi. Shunga qaramay, «Yuventus» hali ham boshqa murabbiy bilan shartnoma imzolashi mumkin, ehtimol, shunday bo‘ladi ham: nufuzli insayder Janluka di Marsioning so‘zlariga ko‘ra, Tudor Turin klubida ishini davom ettirishi dargumon. 47 yoshli murabbiy variantini «Roma»ga ketayotgan Jan Pyero Gasperiniga o‘rinbosar izlayotgan «Atalanta» ko‘rib chiqmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Igor Tudor «Yuventus» bosh murabbiyi Tyago Mottani almashtirgandi – uni ham «Atalanta» bilan bog‘lashmoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter