«Yuventus»ning yangi bosh direktori bosh murabbiy bilan uchrashuv o‘tkazdi

Yaqinda «Yuventus» bosh direktori lavozimini egallagan Damyen Komolli jamoa bosh murabbiyi Igor Tudor bilan uchrashuv o‘tkazdi. Jurnalist Janluka di Marsioning xabar berishicha, uchrashuv ijobiy bo‘ldi.

Qayd etilishicha, Tudorning «Yuventus»dagi yakuniy kelajagi jamoaning klublar o‘rtasidagi jahon chempionatidagi natijasiga bog‘liq bo‘ladi. Biroq hozirda «keksa sinyora» rahbariyati jamoa boshqaruvchisini almashtirish haqida o‘ylamayapti.

Eslatib o‘tamiz, «Yuventus» Italiya chempionatini turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinda yakunladi. «Yuventus» klublar o‘rtasidagi jahon chempionatidagi ilk o‘yinini 19 iyun kuni – «Al-Ayn»ga qarshi o‘tkazadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter