Ronaldu: «Mashaqqatli mehnat»
Saudiya Arabistoni chempionatining 5-turi doirasida «An-Nasr» o‘z maydonida «Al-Fateh»ni qabul qiladi. Bellashuv oldidan mezbonlarning portugaliyalik markaziy hujumchisi Krishtianu Ronaldu ijtimoiy tarmoqda ikki og‘iz so‘z yozib qoldirdi.
«Mashaqqatli mehnat,» – deyiladi 40 yoshli futbolchining xabarida.
Eslatib o‘tamiz, «An-Nasr»ning «Al-Fateh»ga qarshi o‘yini bugun, 18 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:00 da boshlanadi.
Saudiya Arabistoni chempionatining joriy mavsumida Krishtianu 4 ta o‘yinda qatnashib, 4 ta gol urgan. Portugaliyalikning bozor narxi 12 million yevroni tashkil etadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/