«An-Nasr» bosh murabbiyi Ronaldu Saudiya chempionati o‘yinlariga tayyor bo‘lishini istamoqda
Saudiya Arabistoni kubogi 1/8 finalida «Jidda»ga qarshi o‘yinda «An-Nasr»ning yulduz hujumchisi Krishtianu Ronaldu maydonga tushmadi.
Portugaliyalik futbolchini zaxirada qoldirish qaroriga Saudiya Arabistoni klubi bosh murabbiyi Jorje Jezush izoh berdi.
«Men uning Saudiya Arabistoni chempionatida bo‘lajak o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘rishini va formasini saqlab turishini xohlardim,» – dedi mutaxassis matbuot anjumanida.
Joriy mavsumda Krishtianu Ronaldu «An-Nasr»ning barcha musobaqalardagi beshta o‘yinida qatnashib, to‘rtta gol va bitta golli uzatma muallifi bo‘ldi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/