«Napoli» yangi xarid uchun qancha to‘layotgani ma’lum bo‘ldi
26 yoshli hujumchi Noa Lang PSVdan Italiyaning «Napoli» klubiga o‘tmoqda, deb xabar beradi insayder Fabrisio Romano.
Manbaning xabariga ko‘ra, klublar transfer uchun zarur bo‘lgan barcha hujjatlarni almashishgan. Neapolliklar Lang uchun 28 million yevro to‘laydilar. Futbolchining maoshi mavsumiga 2,8 million yevroni tashkil qiladi. Qayd etilishicha, vinger bilan kelishuvda sotib olish bandi ham ko‘zda tutilgan.
O‘tgan mavsumda Niderlandiya terma jamoasi vingeri PSV safida barcha turnirlarda 44 ta o‘yin o‘tkazib, 14 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Milliy terma jamoa safida Noa Lang 14 uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/