Frattezi operasiya qilinadi

Davide Frattezi bo‘lajak operasiyadan keyin «Inter»da qolishi mumkin.

Kelasi hafta «neradzurri» yarim himoyachisi Milanda tos churrasidan operasiya qilinadi.

Futbolchi uzoq vaqt og‘riqdan aziyat chekdi va shu sababdan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatini 1/8 final oldidan tark etishga majbur bo‘ldi.

Milanliklar 25 yoshli futbolchini 40 million yevroga sotishlari mumkin, ammo sotishga shoshilishmoqchi emas.

O‘tgan mavsumda Frattezi A Seriyada 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter