A Seriya. «Inter» «Lechche» maydonida yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi

Milanning «Inter» jamoasi A Seriya 26-turida «Lechche» mehmoni bo‘lib, 4:0 hisobida g‘alabaga erishdi.

Bahsda Lautaro dubl qayd etgan bo‘lsa, Frattezi va de Vrey bittadan gol urishdi.

Lechche – Inter 0:4 (0:1, 0:3)
25 fevral, 22.00, «via del Mare»
Gollar: 0:1 – 15 Martines, 0:2 – 54 Frattezi, 0:3 – 56 Martines, 0:4 – 67 de Vrey.
Lechche – Falkone, Jandre, Baskirotto, Tuba (Gonsales, 57), Gallo, Blen, Ramadani (Berisha, 79), Rafya (Kaba, 58), Sansone (Banda, 57), Almkvist (Uden, 77), Pikkoli.
Inter – Audero, Dumfris, de Vrey, Bissek, Karlos Augusto, Dimarko (Byukenen, 76), Mxitaryan (Klassen, 64), Frattezi (Akinsanmiro, 76), Aslani (Barella, 55), Sanches, Martines (Arnautovich, 65).
Ogohlantirishlar: Sansone (3), Aslani (38), Mxitaryan (63).

Manba: www.stadion.uz.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter