Modrichning «Milan» bilan shartnomasi tafsilotlari ma’lum qilindi

«Real» yarim himoyachisi Luka Modrich faoliyatini «Milan»da bir mavsumdan ortiq davom ettirishi mumkin.

Tomonlar «1+1» sxemasi bo‘yicha shartnoma imzolash imkoniyatini muhokama qilmoqda. 39 yoshli xorvat futbolchiga yiliga 3 — 3,5 million yevro maosh taklif qilinmoqda.

Modrich klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida «Real» sharafini himoya qiladi. U Madrid klubida 13 mavsum o‘tkazib, 591 ta o‘yinda 43 ta gol va 95 ta golli pas bilan ishtirok etgan.

Manba: bombardir.ru

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter