Xorvatiyalik «Real Madrid» afsonasini qaysi klub o‘z safiga qo‘shib olmoqchi?
Qatar chempionatining top-klublari Luka Modrichni sotib olishga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Marca xabar bermoqda.
Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, Qatar Saudiya Arabistoni kabi Yevropadan top futbolchilarni taklif qilib, o‘z chempionatini rivojlantirmoqchi. Birinchi da’vogar «Real» yarim himoyachisi Luka Modrich bo‘lib, uning «Real» bilan shartnomasi 2025 yilning yozida yakuniga yetadi.
Eslatib o‘tamiz, Modrich faoliyatini Madridda yoki hech bo‘lmaganda Ispaniya chempionatida davom ettirishdan manfaatdor ekanligini bir necha bor ta’kidlagan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/