Nursulton Ro‘ziboyevning navbatdagi jang sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonlik aralash jang san’ati ustasi Nursulton Ro‘ziboyevning navbatdagi jang sanasi ma’lum bo‘ldi. Insayder Kayl Dokasning xabar berishicha, 31 yoshli sportchi 16 avgust kuni AQSHning Chikago shahrida tashkil etiladigan UFC 319 turniri doirasida oktagonga ko‘tariladi.

Ro‘ziboyev mazkur turnir doirasida polshalik Mixal Olekseychukka qarshi oktagonga chiqadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, har ikki jangchi o‘z sahifalari orqali Chikagoda jang qilishlarini tasdiqlashgan.

Ro‘ziboyev faoliyati davomida 47 ta jang o‘tkazib, 36 ta g‘alaba, 9 ta mag‘lubiyat va 2 ta durang qayd etgan. Agar polshalik sportchiga qarshi jang rasman tasdiqlansa, bu o‘zbekistonlik MMA ustasi uchun UFC’dagi oltinchi jang hisoblanadi. U bungacha mazkur promoushinda marta oktagonga chiqib, 4 ta g‘alaba hamda 1 marta mag‘lubiyat qayd etgan edi.

Nursulton oxirgi jangini 18 may kuni amerikalik Dastin Shtolsfusga qarshi o‘tkazib, hakamlarning yakdil qarori evaziga g‘alaba qozongandi.

30 yoshli Olekseychuk shu kunga qadar MMA olamida 29 ta jang o‘tkazib, ularning 20 tasida g‘alaba qozongan, 9 marta imkoniyatni boy bergan. U so‘nggi jangini 12 aprel kuni amerikalik Sedrikes Dumasga qarshi oktagonga chiqib, navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritgan edi.

Manba: daryo.uz

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter