Karrera: «Inter» ko‘proq murabbiyning uslubi ko‘rinadigan jamoa»
Bir vaqtlar «Spartak» bosh murabbiyi bo‘lgan Massimo Karrera Chempionlar ligasi final uchrashuvi haqida fikr bildirdi.
Myunxenda «shalpangquloq kubok» uchun «PSJ» va «Inter» o‘rtasida bahs bo‘lib o‘tadi.
«Bu ikki kuchli jamoa o‘rtasidagi bahs ancha qiziq bo‘ladi va umid qilamanki, «Inter» g‘alaba qozonadi!
«Inter» ko‘proq murabbiyning uslubi ko‘rinadigan jamoa, ular jamoaviy mehnat evaziga natijalarga erishadilar», – deya Karreraning so‘zlarini keltiradi Sport Ekspress.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/