Levandovski: «Birinchi o‘yinda g‘alaba qozonganimizda barchasi boshqacha bo‘lardi»

«Barselona» hujumchisi Robert Levandovski jamoaning yarim final bosqichida Chempionlar ligasidan chiqib ketgani, shuningdek, kataloniyaliklarning turnirning keyingi mavsumidagi istiqbollari haqida fikr bildirdi.

«Agar birinchi o‘yinda g‘alaba qozonganimizda, hozir Myunxenda bo‘lardik, deb o‘ylayman. Ikkinchi o‘yinda tezkor ikkita to‘p o‘tkazib yubordik, keyin kambek qila oladi, uchta to‘p kiritdik, lekin bu kamlik qildi. Jamoa sifatida yaxshiroq ko‘rindik, ammo nimadir yetishmadi,» – deya hujumchining so‘zlarini keltiradi Mundo Deportivo.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter