Anchelotti: «Menga Italiya terma jamoasidan qo‘ng‘iroq bo‘lmadi»

Karlo Anchelotti yaqinda «Real Madrid»ni tark etib, Braziliya terma jamoasini boshqaruviga o‘tdi. Italiyalik mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, unga o‘z vatani terma jamoasini boshqarish taklifi tushmagan.

«Italiya terma jamoasi? Hozir ularga do‘stim Spalletti ustozlik qilmoqda va u ajoyib murabbiy. Ular Braziliyadan farqli o‘laroq, menga qo‘ng‘iroq qilishmadi. Vaziyat shundayki, men qiyinchilikni to‘liq qabul qilaman», – dedi Anchelotti.

Iyun oyida Braziliya JCH-2026 saralashida Ekvador va Paragvay terma jamoalari bilan o‘ynaydi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter