«Betis» Antonining transfer huquqlarining bir qismini sotib oladi

«Betis» Antonini olib qolmoqchi.

Marca xabariga ko‘ra, ispan klubi «Manchester Yunayted»dan ijaraga olingan braziliyalik futbolchining kamida yana bir mavsum qolishini istamoqda.

Kelasi hafta klublar vakillari uchrashib, ehtimoliy ssenariylarni muhokama qilishadi. Ijara yana bir yilga uzaytirilishi mumkin, ammo bu ehtimoldan yiroq, chunki «MYU» braziliyalik futbolchiga sarflangan pulning hech bo‘lmaganda bir qismini qaytarib olmoqchi.

Shu munosabat bilan «Betis» Antoni huquqlarining bir qismini sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Agar vinger yaxshi o‘ynashda davom etsa, har ikki klub ham JCH-2026dan keyin uni sotishdan pul ishlab olishi mumkin.

Qayd etilishicha, Antoni Ispaniyada qolish uchun moliyaviy yon bosishiga to‘g‘ri keladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter