Ronaldo Braziliya terma jamoasiga yangi murabbiy tanladi
«Real» va «Barselona«da to‘p tepgan afsonaviy hujumchi Ronaldo italiyalik mutaxassis Karlo Anchelottining Braziliya terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlanishini istamoqda. Bu haqda «Relevo» jurnalistlari xabar bermoqda.
Kelasi yili «so‘yloqtish» Braziliya futbol federasiyasi rahbari saylovida ishtirok etishni rejalashtirmoqda. Agar u g‘alaba qozonsa, Ronaldo Anchelottiga hamkorlik taklifi bilan chiqadi.
Italiyalik murabbiy ayni damda «Real Madrid»da ishlamoqda. Anchelotti va «Qirollik klubi» o‘rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi 2026 yilning yozida tugaydi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/