5 nafar bokschimiz “Thailand open” finaliga yo‘l oldi
«Thailand Open» turnirida yarim final janglari yakunlandi. Ortida qolgan kun 9 nafar bokschimizdan 5 tasi g‘alabaga erishib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
-70 kg: Oysha Toirova – Jao Chunyan (Xitoy) 0:5
-60 kg: Madiyar Daniyarov – Muhammad Abu (Iordaniya) 2:3
-80 kg: Samandar Jalolov – Tanglatixan Tuohetayerbiyeke (Xitoy) 0:5
-85 kg: Nusratbek Tohirov – Bekzat Tangatar (Qozog‘iston) 4:1
-57 kg: Nigina O‘ktamova – Punrave Ruyenros (Tailand) 0:5
-75 kg: Aziza Zokirova – Karine Ayrapetyan (Ukraina) 2-raundda texnik nokaut
-50 kg: Shodiyorjon Meliqo‘ziyev – Titivat Plongaura (Tailand) 3:2
-70 kg: Muhammadazizbek Ismoilov – Kan Chia-Vey (Xitoy Taypeyi) 5:0
-75 kg: Javohir Abdurahmonov – Zaid Iashash (Iordaniya) 5:0
Shu tariqa, jami 5 nafar bokschimiz hal qiluvchi bosqichga yo‘l oldi. Bugun musobaqada dam olish kuni. Final janglari ertaga tashkil etiladi.
Manba: olympic.uz
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/