Solanke: “YAna bir qadam qoldi – umid qilaman, biz uddalaymiz”
“Tottenxem” hujumchisi Dominik Solanke Yevropa Ligasi yarim finali javob uchrashuvida “Bude-Glimt” ustidan qozonilgan 2:0 hisobidagi g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Ushbu natija jamoaga finalga yo‘l ochdi.
“Yana bir o‘yin qoldi va umid qilaman, biz bunga erishamiz. “Bude-Glimt” yaxshi boshladi, va biz bu o‘yin og‘ir bo‘lishini bilardik. Shunday ekan, intizomli o‘ynash kerak edi. Bizga muxlislarimiz katta yordam berdi — birinchi o‘yindagidek bugun ham ular ajoyib edilar. Umid qilaman, ular Bilbaoga ham kela oladilar va yana bir o‘zgacha kunni birga nishonlaymiz”, — dedi Solanke UEFA matbuot xizmatiga.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/