Postekoglu: «Sun’iy maydonda, notanish sharoitlarda o‘ynashga majbur bo‘lamiz»
«Tottenxem» klubi bosh murabbiyi Anj Postekoglu YEL yarim final doirasida «Bude-Glimt» klubiga qarshi bo‘lib o‘tadigan dastlabki uchrashuvdan oldingi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Seltik» bilan «Bude-Glimt»ga qarshi o‘ynaganimda, biz mavsumni yomon boshladik, ammo keyin formaga tushdik va yaxshi futbol o‘ynadik. «Seltik Park»dagi muhit aql bovar qilmaydigan darajada edi va ular «Roma»ni mag‘lub etishgandi. Ular bugun qo‘rqmaydilar. Norvegiyadagi o‘yin ham qiyin bo‘lishini va’da qilmoqda; sun’iy maydonda notanish sharoitlarda o‘ynashga majbur bo‘lamiz» – dedi Postekoglu UYEFA rasmiy saytiga.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/