Solanke «Tottenxem»ning Yevropa Ligasida g‘alaba qozonish ehtimolini baholadi

«Tottenxem» hujumchisi Dominik Solanke jamoasining bu safargi Yevropa Ligasi mavsumidagi muvaffaqiyatiga ishonishi yoki ishonmasligini aytdi.

«Shporlar» ikki o‘yin natijasiga ko‘ra Frankfurtning «Ayntraxt» klubini mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi. Londonliklar final yo‘llanmasi uchun Norvegiyaning «Budyo-Glimt» klubiga qarshi bahs olib boradi.

«Evropa Ligasida g‘alaba qozona olamizmi? 100% aminmanki, ha. Barcha futbolchilar formada bo‘lganida istalgan klubni mag‘lub eta olishimizga ishonamiz. Yevropa Ligasida muvaffaqiyat qozonish mavsum boshidanoq bizning maqsadimiz edi. Endi biz yaqinlashdik va umid qilamanki, shu ruhda davom eta olamiz. Biz barqarorroq bo‘lishimiz kerakligini bilamiz,» – deya Solankening so‘zlarini keltiradi RA Sport.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter