SSKA safini 3 nafar futbolchi tark etdi

SSKA hujumchisi Vladislav Yakovlev, yarim himoyachi Sid Ahmad Ayssaui va himoyachi Amirhosseyn Rivandi mavsumni boshqa jamoalarda yakunlaydi, deb xabar beradi armiyachilar matbuot xizmati.

23 yoshli Yakovlev Armanistonning «Urartu» klubi bilan, 20 yoshli Rivandi Xorvatiyaning «Yaron» klubi bilan, 20 yoshli Ayssaui esa Jazoirning «Muludiya» klubi bilan ijara asosida shartnoma imzoladi.

«Yigitlarga mavsumni muvaffaqiyatli yakunlashlarini tilab qolamiz!» – deyiladi Moskva klubi bayonotida.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter