SSKA yetakchisiga katta narx belgiladi
Fyodor Chalovning SSKA bilan shartnomasida Yevropa klublari uchun tovon puli miqdori ma’lum bo‘ldi.
9 aprel kuni Chalov SSKA bilan shartnomasini 2025 yilning yoziga qadar uzaytirdi, avvalgi kelishuv 2024 yilning qishigacha amalda edi.
«Sport-Ekspress» xabariga ko‘ra, SSKA va Chalov o‘rtasidagi yangi shartnomada Yevropa klublari uchun 4,2 million yevro miqdorida tovon puli ko‘zda tutilgan, bu esa futbolchiga kelasi yozda jamoasini o‘zgartirish imkonini beradi.
Joriy mavsumda Fyodor RPLda 22 o‘yinda 9 ta gol urdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/