«Everton» Mikolenko borasida bir qarorga keldi
«Everton» himoyachi Vitaliy Mikolenko borasida bir qarorga keldi. Klub 25 yoshli ukrainalik futbolchini o‘zida saqlab qolmoqchi. Klub unga yangi uzoq muddatli shartnoma taklif qiladi.
Insayder Fabrisio Romanoning xabar berishicha, «Everton» Mikolenko bilan hamkorlikni uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni allaqachon boshlagan. Klub haqiqatan ham futbolchining shartnomani uzaytirish taklifini qabul qilishiga umid qilmoqda.
Mikolenko “Everton”da 2022 yilning yozidan buyon o‘ynab kelmoqda. U Premyer-ligaga Kiyevning «Dinamo»sidan o‘tgan. Hozirda futbolchining transfer narxi 28 million yevroga baholanmoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/