APL klubi ustozi ukrainalik futbolchidan g‘azablandi

«Everton» bosh murabbiyi Shon Daych ukrainalik chap qanot himoyachisi Vitaliy Mikolenko asosiy tarkib futbolchisi deb hisoblamaydi. Bu haqda Goodison News o‘z sahifalarida xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Premyer-liga autsayderi bosh murabbiyi futbolchidan hafsalasi pir bo‘lgan va uning o‘rniga hatto fayxriy bo‘lsa ham Eshli Yangni qo‘yishni afzal ko‘rmoqda. Shuningdek, Mikolenko o‘rniga klubning nominal o‘ng qanot himoyachisi Neytan Patterson vaqti-vaqti bilan maydonga tushadi.

Eslatib o‘tamiz, bu mavsumda 24 yoshli ukrainalik futbolchi “Everton” safida faqat bir marta maydonga tushdi va bu Liga kubogi o‘yinida sodir bo‘ldi.

Kiyevning “Dinamo” klubi bitiruvchisi “Everton”da 2022 yilning qishidan buyon o‘ynab kelmoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter