«Nyukasl» o‘z himoyachisi borasida bir qarorga keldi
«Nyukasl» himoyachi Kiran Tripyer borasida bir qarorga keldi.
Transfer News Live nashrining xabar berishicha, «zag‘izg‘onlar» 34 yoshli futbolchini qishki transfer oynasida sotishga tayyor.
Tripyerning «Nyukasl» bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning o‘rtalariga qadar tuzilgan. Nufuzli Transfermarkt portali ekspertlari himoyachini 10 million yevroga baholamoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/