«Barselona» La Ligada o‘zining dushmanlarini biladi

«Barselona» yarim himoyachisi Dani Olmoning ro‘yxatga olinishi bilan bog‘liq vaziyat ispan futbolida eng ko‘p muhokama qilinayotgan mavzulardan biri bo‘lib qolmoqda.

Yaqinda Ispaniya Qirollik futbol federasiyasi 26 yoshli futbolchini mavsumning ikkinchi yarmi uchun Kataloniya grandiga ro‘yxatdan o‘tkazishdan bosh tortdi. Diario Sport xabariga ko‘ra, Olmoning ro‘yxatga olinishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun «Barselona» «Atletiko» va «Sevilya» La Ligaga eng ko‘p bosim o‘tkazayotganini biladi. Avval xabar qilinganidek, «Real Madrid» bu ishga aloqador emas.

Dani Olmo o‘tgan yilning avgust oyida Germaniyaning «RB Leypsig» jamoasidan «Barselona»ga o‘tgan edi. Transfer narxi 55 million yevroni tashkil qildi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter